“UZ CHASYS” MChJ va “UzSungwoo” MChJlarning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot
2025-06-10 19:30:00 / Yangiliklar

Davlat aktivlari agentligining joriy yil 24-apreldagi “UZ CHASYS” MChJ va “UzSungwoo” MChJ ustav kapitallaridagi davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boʻyicha eʼlonlariga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “UZ CHASYS” MChJ va “UzSungwoo” MChJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 1-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.
Avvalgi chop etilgan eʼlonlarning (“UZ CHASYS” MChJ bo'yicha havola, “UzSungwoo” MChJ bo'yicha havola) qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
