Qashqadaryo viloyati tadbirkorlari va ishbilarmonlari diqqatiga!
2025-05-27 16:10:00 / Yangiliklar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 30-may (juma) kuni soat 10:00 da Shahrisabz shahri, Ipak yo'li ko'chasi, 3-uyda joylashgan "Madaniyat saroyi" binosida Qashqadaryo viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo'sh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari to'g'risida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti o'tkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

