12-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2026-05-13 15:35:00 / Yangiliklar

541 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 131 mlrd so'm bo'lgan 504 ta lot 223,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 9 ta
- boshlang‘ich narxi 17 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 21,3 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Xazorasp tumanida boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi ma’muriy bino 6 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 138 ta
- boshlang‘ich narxi 27,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 29,4 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon tumanidan boshlang‘ich narxi 0,7 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ balansidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
yer uchastkalari:
- soni 159 ta
- boshlang'ich narxi 68,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 149,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 37,4 ga
Navoiy viloyati Navoiy shahri hududidan boshlang'ich narxi 5,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 2,43 gektar yеr uchastkasi 16,8 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 198 ta
- boshlang‘ich narxi 17,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 22,5 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 938 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 26,9 trln so'm bo'lgan 101 406 ta lot savdoga qo'yilgan.
