27-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2026-03-30 11:10:00 / Yangiliklar

764 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 35 mlrd so'm bo'lgan 291 ta lot 67,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 42 ta
- boshlang‘ich narxi 8,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,9 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
- soni 91 ta
- boshlang'ich narxi 23,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 52,4 mlrd so‘m
- yer maydoni 21,6 ga
Toshkent shahar, Yangi Toshkent hududida boshlang'ich narxi 9,6 mlrd so‘m bo‘lgan 60% turar joy, 40% noturar joy obyektlari qurish uchun ijara huquqi bilan 0,96 gektar yеr uchastkasi 37,5 mlrd so‘mga sotildi.
qishloq xo‘jaligi yerlari:
- soni 94 ta
- boshlang‘ich narxi 1,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
- yer maydoni 695,2 ga
boshqalar:
- soni 64 ta
- boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 640 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 23,1 trln so'm bo'lgan 110 424 ta lot savdoga qo'yilgan.
