Davlat aktivlari agentligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
2026-03-06 14:00:00 / Majlislar

Jamiyatning taraqqiyoti, uning ma’naviy va madaniy yuksalishi, avvalo, ayollarga bo‘lgan e’tibor va ehtirom darajasi bilan belgilanadi. Bahorning ilk kunlarida nishonlanadigan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda ayollarning jamiyat va oila hayotidagi beqiyos o‘rnini e’tirof etish, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatishning yorqin ifodasi sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Oʻz oʻrnida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Davlat aktivlari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar hamda jamoa a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotgani, ularning davlat va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etilayotganini ta’kidladi. Davlat aktivlari agentligi tizimida ham xotin-qizlar turli mas’uliyatli lavozimlarda samarali mehnat qilib, tashkilot faoliyatining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi.

Davlat aktivlari agentligi jamoasi barcha xotin-qizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

