DIQQAT! FIRIBGARLIK HOLATLARI BO‘YICHA RASMIY OGOHLANTIRISH
2026-02-11 21:00:00 / Yangiliklar

🔴 Eslatma: Sizlardan qo‘mita rahbariyati nomidan ochilgan va shaxsiy yozishmalar olib borayotgan yoki turli iltimoslar bilan murojaat qilayotgan barcha bunday akkauntlarning soxta ekanini bilib, ularga ishonmaslik va muloqotga kirishmaslikni qat’iyan tavsiya etamiz.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati yoki qo‘mitaga aloqador mansabdor shaxslar, aholi bilan shaxsiy tartibda xabar yubormaydi. Ularning barchasi firibgarlarga tegishli hisoblanadi.
❗️Sizlarga quyidagilarga amal qilishingizni so‘raymiz:
• 📩 Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali kelgan shubhali xabarlarga ishonmang;
• 🔍 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rahbariyati nomidan pul o‘tkazish, ma’lumot yuborish yoki qandaydir harakatni talab qiluvchi xabarlar kelsa, avval rasmiy tartibda tekshirib ko‘ring;
• ⚖️ Bunday holatlar aniqlansa, zudlik bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bering;
• 🔐 Shaxsiy ma’lumotlar, parollar va xizmatga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermang.
❗️ Hurmatli fuqarolar!
Shaxsiy ma’lumotlaringizni begonalarga bermang, doimo e’tiborli va hushyor bo‘lishingizni so‘raymiz.
