2026-yil hosili uchun boshoqli don ekish ishlari “O‘zagroinspeksiya” nazoratida
2025-10-28 18:05:00 / Yangiliklar

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan boshoqli don ekish jarayonlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish maqsadida 62 ming 882 gektar maydonda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Bugungi kungacha o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 1 396 ta fermer xo‘jaligining 3 658 gektar maydonida kamchiliklar aniqlangan.
Xususan:
446 ta fermer xo‘jaliklarida (1 105 gektar) — yer tayyorlashda karta atroflari to‘liq ishlanmagan;
357 ta fermer xo‘jaliklarida (1 038 gektar) — yer notekis tayyorlangan;
489 ta x fermer xo‘jaliklarida (1 328 gektar) — kesakli yer tayyorlangan;
32 ta fermer xo‘jaliklarida (52 gektar) — sayoz yoki yer yuzasidan halla ekilgan;
70 ta fermer xo‘jaliklarida (128 gektar) — kaliyli o‘g‘it berilmasdan ekish holatlari qayd etilgan.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimliklar va soha mutasaddilariga 23 ta taqdimnoma, 4 ta yozma ko‘rsatma hamda 1 684 ta ogohlantirish berildi.
Hozirda “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan joylarda kuzgi boshoqli don ekish ishlarini belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Sh. Butunov,
“O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasi
bosh mutaxassisi



