QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPSHIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2025-10-28 14:20:00 / Yangiliklar
Xususan, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 641 ta hujjat, shundan, O‘zbekiston Respublikasining 73 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 98 ta farmon, farmoyishlari va 154 ta qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 316 ta qarorlari ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-fevraldagi PF-6166-son, 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, ijro intizomiga rioya qilinishi bo‘yicha har haftaning dushanba va juma kuni muhokama qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda rayosat yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirildi va har bir topshiriq ijrosi ta’minlanishi nazoratga olinib kelinmoqda.
Xususan, hisobot oyida har dushanba kunlari Inspeksiya boshlig‘i huzurida va har juma kunlari Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari huzurida axborotlar muhokama qilib borildi va hisobot oyining o‘zida 4 ta apparat yig‘ilish bayonnomalari rasmiylashtirildi.
“Ijro.gov.uz” tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tahliliy axborotlar hamda inspeksiyaga kelib tushgan qonunchilik hujjatlarini muddatidan oldin ijrosini ta’minlash maqsadida har oyda Kalendar-grafik jadvallari ishlab chiqilmoqda va shu asosida ishlar kunlik tashkil etilib, ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga har oyda axborot kiritilib kelinmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qonunchilik hujjatlarini nazorat qilish tizimi orqali Inspeksiyaga 32 ta me’yoriy hujjat bo‘yicha 141 ta bandlari kirim qilingan va o‘tgan yillardan ijroga o‘tganlari bilan birga, 51 ta hujjat bo‘yicha jami 194 ta topshiriq bo‘yicha tegishli ishlar tashkil qilingan.
Olib borilgan ishlar natijasida yil boshidan jami 151 ta qonunchilik hujjatlari ijrosi bo‘yicha axborotlar tegishli vazirlik va davlat idoralariga kiritilgan.
Shuningdek, 2025-yil noyabr oyida muddati keladigan 13 ta qonunchilik hujjatlari bo‘yicha 19 ta topshiriq, shundan alohida nazoratga olingan 10 ta topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan rahbar o‘rinbosari va markaziy apparatning tegishli bo‘linmalari kesimida kunlik “Kalendar-grafik” va “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ushbu topshiriqlarni oktyabr oyining 25 sanasiga qadar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
2025-yil 1-noyabr holatiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali 42 ta Prezident hujjatlari (14 ta farmon, 21 ta qaror va 7 ta bayon) bo‘yicha 130 ta (farmonlar ijrosi yuzasidan 63 ta, qarorlar 59 ta va bayonlar 8 ta) topshiriq ijrosi nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari va bayonlari bilan bir qatorda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasining topshiriqlari ijrosi ham nazoratga olingan bo‘lib o‘z muddatida ta’minlanib kelinmoqda.
A.Vaxabov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
