QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPSHIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR.
2025-08-09 15:10:00 / Yangiliklar

Inspeksiyaning nafaqat rahbar xodimlari, balki oddiy xodimlari ham ushbu yo‘nalishda jonbozlik ko‘rsatib ishlarni tashkil qilishmoqda.
Ayniqsa, tizimda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari, Prezident Administratsiyasining topshiriqlari hamda Hukumatning qaror va farmoyishlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Inspeksiyaga kelib tushgan barcha qonunchilik hujjatlari alohida nazoratga olib borilmoqda.
Xususan, 2025 yilning yanvar-iyul oylarida 376 ta hujjat, shundan, O‘zbekiston Respublikasining 54 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 53 ta farmon, farmoyishlari va 94 ta qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 175 ta qarorlari ro‘yxatga olinib, ijroga qaratildi.
Shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizim orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31 maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, soha faoliyatiga tegishli har bitta qonunchilik hujjati ijrochilarga yetkazilib, nazorat rejalari ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Ushbu yo‘nalishda har haftaning dushanba va juma kuni muhokamalar tashkil qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda Hay’at yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida qonunchilik hujjatlarini nazorat qilish tizimi orqali Inspeksiyaga 18 ta me’yoriy hujjat (5 ta farmon, 6 ta qaror va 7 ta bayon) bo‘yicha 84 ta (Prezident farmonlarining 58 ta, qarorlarining 11 ta va bayon va boshqa topshiriqlarining 15 ta) bandlari kirim qilinganligi va o‘tgan yillardan ijroga o‘tganlari bilan birga 37 ta hujjat bo‘yicha jami 137 ta topshiriq bo‘yicha tegishli ishlar tashkil qilindi.
Olib borilgan ishlar natijasida yil boshidan jami 90 ta (shu jumladan, o‘tgan yillardagi 62 ta va 2025 yildagi 28 ta) qonunchilik hujjatlari ijrosi ta’minlangan.
Shu jumladan, 2025 yilning iyul oyi davomida 4 ta qonunchilik hujjati bo‘yicha 34 ta topshiriq kirim qilinib, mas’ul ijrochilar belgilandi va tegishli nazorat rejalari shakllantirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, 2025 yil avgust oyida muddati keladigan 10 ta topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan rahbar o‘rinbosari va markaziy apparatning tegishli bo‘linmalari kesimida kunlik “Kalendar-grafik” va “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ushbu topshiriqlarni avgust oyining 25 sanasiga qadar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Hisobot oyida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-109-son Farmonining 11-bandida belgilangan 4 ta topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi.
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqilib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda Hukumat qarorlari ijrosi “O‘zagroinspeksiya” tomonidan doimiy nazoratga olingan.
A.Vaxabov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
