Bugungi mehnat — ertangi mo‘l hosil garovidir!
2026-02-09 16:20:00 / Yangiliklar

Seminar doirasida g‘alla ekinlarini parvarishlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadbirda agrodronlar yordamida g‘alla maydonlarini oziqlantirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘rgazma namoyish etildi.
Seminarda “O‘zagroinspeksiya”, Ichki Ishlar va Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari vakillari, sohaga oid rahbarlar hamda fermer va korxona rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, seminar doirasida agrotexnik tadbirlar o‘z muddatida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan viloyati bo‘yicha 89 451 ta nazorat tadbirlari o‘tkazib, 3 599 ta fermer xo‘jaliklaridagi 26 753 ming gektar g‘alla maydonlarida kamchiliklar aniqladi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mahalliy hokimliklar va mas’ul tashkilotlarga 20 ta taqdimnoma va 80 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan. Shu bilan birga, 910 ta ogohlantirish berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — fermerlar va korxonalarga 2026-yil hosili uchun g‘alla parvarishini puxta tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish va ekinlarning sifatli hosil berishini ta’minlashdir.
D.Ergashev, O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi




