G‘ALLA MAYDONLARIDAGI AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA
2026-02-06 17:15:00 / Yangiliklar

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla maydonlarida ayni paytda bajarilishi muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Bugungi kunga qadar hududlarda 4757 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu jarayonlarda 3222 ta fermer xo‘jaliklarining 9 ming 642 gektar g‘alla ekilgan maydonlarida agrotexnik tadbirlar kechiktirilgani yoki sifatsiz amalga oshirilgani aniqlandi.
Xususan:
-
383 ta fermer xo‘jaliklarining 1105 gektar maydonida g‘alla siyrak unib chiqqanligi;
-
509 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1713 gektar maydonda sug‘orish ishlari sifatsiz o‘tkazilganligi;
-
163 ta fermer xo‘jaliklarining 443 gektar g‘alla maydonlarida azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari amalga oshirilmaganligi;
-
1270 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 4 ming 446 gektar g‘alla maydonlariga umuman mahalliy o‘g‘it chiqarilmagani aniqlangan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Inspeksiya tomonidan tegishli ta’sir choralari ko‘rilib, mahalliy hokimliklar va soha mas’ullariga 34 ta taqdimnoma, 16 ta ko‘rsatma hamda 816 ta ogohlantirishlar berildi.
G‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan mavsum davomida doimiy nazorat qilib boriladi.
Sh. Butunov
“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi

