Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri.
2026-01-09 14:45:00 / Yangiliklar
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zagroinspeksiya Markaziy apparatida bayramona muhit yaratildi. Muassasa kirish yo‘lagidagi televizor monitorida ushbu sana aks etgan, ishchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlovchi tasvir namoyish etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 824-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, Vatan himoyachilariga bo‘lgan hurmat va e’tiborni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Mazkur tashabbus yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlayotgan mard va jasur himoyachilarimizga bo‘lgan chuqur hurmat ifodasidir.



