QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPSHIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2025-12-29 18:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Xususan, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida 798 ta hujjat, shundan, O‘zbekiston Respublikasining 85 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 133 ta farmon, farmoyishlari va 190 ta qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 390 ta qarorlari ro‘yxatga olinib, ijrosiga mas’ul xodimlar belgilangan va ushbu hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalarga elektron shaklda yetkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31-maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, ijro intizomiga rioya qilinishi bo‘yicha har haftaning dushanba va juma kuni muhokama qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda rayosat yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirildi va har bir topshiriq ijrosi ta’minlanishi nazoratga olinib kelinmoqda.
Xususan, hisobot oyida Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga har juma kunlari axborotlar muhokama uchun kiritib borilmoqda.
Shuningdek, har dushanba kunlari rahbar huzurida muhokama qilib borildi va hisobot oyining o‘zida 4 ta apparat yig‘ilish bayonnomalari rasmiylashtirildi.
“Ijro.gov.uz” tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tahliliy axborotlar hamda inspeksiyaga kelib tushgan qonunchilik hujjatlarini muddatidan oldin ijrosini ta’minlash maqsadida har oyda Kalendar-grafik jadvallari ishlab chiqilmoqda va shu asosida ishlar kunlik tashkil etilib, ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga har oyda axborot kiritilib kelinmoqda.
Ayniqsa, tizimda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari, Prezident Administratsiyasining topshiriqlari hamda Hukumatning qaror va farmoyishlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Inspeksiyaga kelib tushgan barcha qonunchilik hujjatlari bilan barcha tarkibiy tuzilmalar doimiy ravishda tanishtirib borilmoqda va shu jumladan, asosiy ijrochi sifatidagilari alohida nazoratga olingan.
Shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizim orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31 maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, soha faoliyatiga tegishli har bitta qonunchilik hujjati ijrochilarga yetkazilib, nazorat rejalari ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Shuningdek, oktyabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son farmon ijrosi yuzasidan har hafta juma kunlari keyingi haftada ijrosi ta’minlanadigan qonunchilik hujjatlari va oyning 25-sanasida keyingi oyda ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inspeksiya boshlig‘iga kiritib borildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qonunchilik hujjatlarini nazorat qilish tizimi orqali Inspeksiyaga 44 ta me’yoriy hujjat (17 ta farmon, 14 ta qaror,12 ta bayon va 1 ta farmoyish) bo‘yicha 169 ta (Prezident farmonlarining 89 ta, qarorlarining 47 ta, bayonlarining 29 ta topshiriqlari va 4 ta farmoyishlari) bandlari kirim qilingan va o‘tgan yillardan ijroga o‘tganlari bilan birga, 63 ta hujjat bo‘yicha jami 222 ta topshiriq bo‘yicha tegishli ishlar tashkil qilingan.
Shu jumladan, dekabr oyida Inspeksiyaga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali 4 ta qonunchilik hujjati bo‘yicha 7 ta topshiriq, shu jumladan, 2 ta Prezident qarori (PQ-310, PF-375-son) bo‘yicha 4 ta topshiriq va 2 ta Farmoni (PF-243 va PF-109) bo‘yicha 3 ta topshiriq kelib tushdi hamda barcha topshiriqlar tegishli ijrochilarga chiqarilib, nazorat rejalari ishlab chiqildi va tegishli ijrochilarga yo‘naltirildi.
“Ijro.gov.uz” tizimida “O‘zagroinspeksiya” ning ish yurituvida bo‘lgan dekabr oyi muddatli 15 ta qonunchilik hujjati bo‘yicha 29 ta topshiriq ijrosi yuzasidan ishlar tashkil qilinib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 29 ta topshiriqning barchasi (PF-117, PF-95, PF-87, PF-157, PF-109, PF-130-sonli farmonlari, PQ-421, PQ-287, PQ-280-sonli qarorlari, Prezidentning 36-2025, 55-2025, 30-2025, 1403-sonli bayonlari hamda 60-sonli farmoyishi) bo‘yicha axborotlar tegishli davlat organlariga kiritilib, belgilangan tartibda muddatidan oldin nazoratdan yechilishi ta’minlandi.
2025-yil 31-dekabr holatiga “Ijro.gov.uz” tizimi orqali 46 ta Prezident hujjatlari (18 ta farmon, 20 ta qaror va 8 ta bayon) bo‘yicha 121 ta (Farmonlar ijrosi yuzasidan 59 ta, qarorlar 51 ta va bayonlar 11 ta) topshiriqlari bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari va bayonlari bilan bir qatorda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasining topshiriqlari ijrosi ham nazoratga olingan.
Tizim orqali Vazirlar Mahkamasining 4 ta hujjati (766,772,792,824-sonli qarorlari) bo‘yicha 34 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta hujjati (PA 1-20643 topshirig‘i) bo‘yicha 1 ta topshiriq kelib tushdi va ijroga qabul qilindi.
O‘tgan davrda dekabr oyi ijro muddatli Vazirlar Mahkamasining 3 ta hamda Hukumat komissiyasining 1 ta topshiriqlari ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlandi.
Bugungi kunda Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasining hujjatlari bo‘yicha muddati o‘tgan topshiriqlar mavjud emas.
Shuningdek, tizimdagi qonunchilik hujjatlari bo‘yicha keyingi oyda ham topshiriqlar ijrosini qat’iy ta’minlash maqsadida 2025 yil 24 dekabrdagi 01/2-7-272-sonli xat bilan 2025 yil yanvar oyida "Ijro.gov.uz" tizimida bajarilishi lozim bo‘lgan nazoratdagi topshiriqlarni bajarishning kunlik “Kalendar-grafik” va ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilindi.
A.Vaxabov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
