QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YERLARDAN MAQSADLI VA SAMARALI FOYDALANISH O‘ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA
2025-12-26 18:05:00 / Yangiliklar

Ushbu vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash, sohani raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kosmik texnologiyalar orqali qonunbuzilish holatlarini tezkor aniqlash va bartaraf etish maqsadida, joriy yilning 6-may kuni “O‘zbekkosmos” agentligi hamda “O‘zagroinspeksiya” o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Mazkur bitim doirasida “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik monitoring natijalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda so‘ngi ikki yilda jami 19 515 ta holat, 966,1 gektar o‘zboshimchalik bilan egallash ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy qurilish holatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarni to‘g‘ri va samarali ko‘rib chiqish hamda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida, nazorat qiluvchi organlar (Bosh prokuratura va hududiy prokuraturalar, Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalar, “O‘zbekkosmos” agentligi rahbariyati) bilan birgalikda 2025-yil 12-noyabrda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi va vazifalar taqsimoti belgilab olindi.
Mazkur ma’lumotlar asosida “O‘zagroinspeksiya” xodimlari har bir holatni joyida o‘rganib chiqdi. Hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida:
· 579,6 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda
13 878 ta holat (58%) aniqlandi,
· 417 gektar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan yerlarda esa
5 637 ta holat (42%) aniqlandi.
Qishloq xo‘jaligi yerlarida aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” vakolati doirasida tegishli ta’sir choralari ko‘rildi. Xususan, 9 871 ta holatda qishloq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar hisoblanib, umumiy miqdori 117,8 milliard so‘mni tashkil etib, to‘plangan materiallar tegishli qaror qabul qilish uchun vakolatli organlarga yuborilishi ta’minlandi.
Jumladan,
· Bosh prokuratura hududiy va tuman bo‘limlariga: 6 020 ta
· Ichki ishlar vazirligi organlariga: 2 875 ta
· Sud organlariga: 304 ta
Shuningdek, 180 ta holatda “O‘zagroinspeksiya” vakolati doirasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida choralar ko‘rildi.
“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni o‘rgnishlarda 229 gektar qishloq xo‘jaligi yerlarida 3 287 ta holatda noqonuniy qurilish mavjud emasligi aniqlandi. Bu holatlar quyosh panellari, ko‘chma asalari uyalari, ko‘chma konteyner uylar, mavsumiy chaylalar, yem-xashak g‘aramlari yoki yer toifasi o‘zgartirilganligi bilan izohlandi. Barcha holatlar bo‘yicha fotolavhalar olindi va tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan 417,3 gektar yer maydonidagi 5 462 ta holat vakolatli organlarga yo‘naltirildi. Jumladan,
· 4 865 ta holat — Kadastr agentligiga,
· 60 ta holat — o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlariga,
· 368 ta holat — boshqa tegishli tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.
Xulosa qilib aytganda, “O‘zagroinspeksiya” xodimlari har bir holatni joyida, qadamma-qadam o‘rganib, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda amaliy va qat’iy nazoratni ta’minlamoqda.
