VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI TIZIMIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, SHAFFOFLIK VA OCHIQLIKNI TA’MINLASH YO‘NALISHIDA QATOR AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2025-12-26 10:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash yo‘nalishida qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi brifingda Shu haqida ma’lumot beramiz.
O‘zagroinspeksiya” tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi 12 ta ichki lokal hujjat qabul qilinib, ularning ijrosi ta’minlab kelinmoqda. Xususan,O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish bo‘yicha Namunaviy idoraviy dastur qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda. Jumladan, — 1012 nafar xodim tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiyalar to‘ldirildi; — 63 nafar xodimda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, mazkur holatlar to‘liq bartaraf etildi.
Korrupsiyaga oid murojaatlarni onlayn qabul qilish amaliyoti joriy etildi Ayni paytda Inspeksiyaning korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha xabar berish uchun mo‘ljallangan 4 ta aloqa kanali 24/7 rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda
Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish maqsadida 1 500 dan ortiq bukletlar va infografik materiallar tayyorlanib, xodimlar o‘rtasida tarqatildi va doimiy ravishda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, rasmiy sayt va axborot kanallarida yoritib borilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida 25 ta maxsus o‘quv-treninglar hamda 45 ta profilaktika tadbiri amalga oshirildi.
750 nafar xodim ishtirokida anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilindi.
Ayni paytda Inspeksiyaning ishga yangi qabul qilingan hamda korrupsion xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan 146 nafar xodim “Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya”ning edu.proacademy.uz ta’lim platformasi orqali o‘qitildi.
Hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jami 25 ta o‘quv-seminar tashkil etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tavsiyalari va ISO 37001:2016 — “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” xalqaro standarti talablariga muvofiq, xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid talab va bandlar kiritildi.
Ishga qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash maqsadida nomzodlarni har tomonlama o‘rganish va ularning korrupsion xavfini baholash tizimi joriy qilingan. Hisobot davrida jami 745 nafar nomzod o‘rganib chiqildi..
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura tomonidan Inspeksiyada “Korrupsiyadan holi muhit”ni yaratishga qaratilgan “Yo‘l xaritalari” doirasida belgilangan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Inspeksiya tizimida “Korrupsiyadan xoli muhit”ni yaratish maqsadida 11 turdagi xizmat raqamlashtirilgan holda amalga oshirilmoqda. Ayni paytda “Korrupsiyaga qarshi daxlsizlikni mustahkamlash”, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz muhit yaratish” mavzusida o‘quv-seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda.
