QONUNCHILIK HUJJATLARI, TOPSHIRIQLAR HAMDA HUKUMAT QARORLARINING IJROSI YUZASIDAN “O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2025-11-25 15:20:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Xususan, 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida 715 ta hujjat, shundan, O‘zbekiston Respublikasining 78 ta Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 116 ta farmon, farmoyishlari
va 171 ta qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 350 ta qarorlari ro‘yxatga olinib, ijrosiga mas’ul xodimlar belgilangan va ushbu hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalarga elektron shaklda yetkazilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning
10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31 maydagi
PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, ijro intizomiga rioya qilinishi bo‘yicha har haftaning dushanba va juma kuni muhokama qilinib, o‘tkazilayotgan apparat yig‘ilishlari kengaytirilgan yig‘ilish hamda rayyosat yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirildi va har bir topshiriq ijrosi ta’minlanishi nazoratga olinib kelinmoqda.
Xususan, hisobot oyida Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosariga har juma kunlari axborotlar muhokama uchun kiritib borilmoqda.
Shuningdek, har dushanba kunlari rahbar huzurida muhokama qilib borildi va hisobot oyining o‘zida 4 ta apparat yig‘ilish bayonnomalari rasmiylashtirildi.
- Vazirlar Mahkamasiga har oyda axborot kiritilib kelinmoqda.
Ayniqsa, tizimda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari, Prezident Administratsiyasining topshiriqlari hamda Hukumatning qaror va farmoyishlari ijrosi qat’iy nazoratga olingan.
Inspeksiyaga kelib tushgan barcha qonunchilik hujjatlari bilan barcha tarkibiy tuzilmadar doimiy ravishda tanishtirib borilmoqda va shu jumladan, asosiy ijrochi sifatidagilari alohida nazoratga olingan.
Shu jumladan, “Ijro.gov.uz” tizim orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 10 fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 31 maydagi PQ-5132-sonli qaror talablaridan kelib chiqib, soha faoliyatiga tegishli har bitta qonunchilik hujjati ijrochilarga yetkazilib, nazorat rejalari ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlab kelinmoqda.
Shuningdek, oktyabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son farmon ijrosi yuzasidan har hafta juma kunlari keyingi haftada ijrosi ta’minlanadigan qonunchilik hujjatlari va oyning 25-sanasida keyingi oyda ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Inspeksiya boshlig‘iga kiritib borildi.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qonunchilik hujjatlarini nazorat qilish tizimi orqali Inspeksiyaga 38 ta me’yoriy hujjat (15 ta farmon, 11 ta qaror,11 ta bayon va 1 ta farmoyish) bo‘yicha 159 ta (Prezident farmonlarining 85 ta, qarorlarining 42 ta, bayonlarining 28 ta topshiriqlari va 4 ta farmoyishlari) bandlari kirim qilingan va o‘tgan yillardan ijroga o‘tganlari bilan birga, 57 ta hujjat bo‘yicha jami 212 ta topshiriq bo‘yicha tegishli ishlar tashkil qilingan.
Shu jumladan, noyabr oyi mobaynida Inspeksiyaga 5 ta me’yoriy hujjat bo‘yicha 17 ta topshiriq kirim qilindi va barcha qonunchilik hujjatlari bo‘yicha nazorat rejalari ishlab chiqilib, tegishli ijrochilarga yetkazildi.
Olib borilgan ishlar natijasida yil boshidan jami 183 ta qonunchilik hujjatlari ijrosi bo‘yicha axborotlar tegishli vazirlik va davlat idoralariga kiritilgan.
Noyabr oyi mobaynida ijro muddatli 27 ta topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlar tashkil qilindi va amalga oshirilgan ishlar natijasida alohida nazoratga olingan qonunchilik hujjati va topshiriqlarining barchasini ijrosi ta’minlandi.
Shuningdek, 2025 yil dekabr oyida muddati keladigan qonunchilik hujjatlari topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlash yuzasidan rahbar o‘rinbosari va markaziy apparatning tegishli bo‘linmalari kesimida kunlik “Kalendar-grafik” va “Yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ushbu topshiriqlarni dekabr oyining 25 sanasiga qadar ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari va bayonlari bilan bir qatorda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali kelib tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbarining, Vazirlar Mahkamasi hamda Hukumat komissiyasining topshiriqlari ijrosi ham nazoratga olingan.
A.Vaxabov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
