Yengil sanoat sohasi faollari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
2026-08-24 10:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish va xalqimiz farovonligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yengil sanoat sohasi vakillari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof soha vakillarining ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy mahsulotlarimizning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lidagi samarali mehnatiga berilgan munosib bahodir.
"El-yurt hurmati" ordeni bilan:
— "Merganteks" paxta-to‘qimachilik klasteri bosh direktori Xamrayev Ibraxim Shaykulovich.
"Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan:
— "Fergana global textile" MChJ ta’sischisi Razakov Muzaffar Maxamatovich.
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi" faxriy unvoni bilan:
— "Kumushkent ipagi" MChJ ipak qurtini rivojlantirish mutaxassisi Xudoyberdiyeva Jamila Sharofovna.
"Shuhrat" medali bilan:
— "Kasbi agropilla" MChJ pillachisi Salomova Muxayyo Esanovna;
— "Yasham erkaplan carpet" MChJ rahbari Saloxitdinov Asliddin Zayniyevich;
— "Euroteks" MChJ tarash va piltalash dastgohi operatori Polvonova Nasiba Qurvondurdiyevna.
"Jasorat" medali bilan:
— "Mashriq tekstil" MChJ rahbari Xudjamkulova Sharofat Kilichevna;
— Pop tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, tikuvchi Raxmatova Gulnoza Zokirovna;
— Gurlan tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, tikuvchi Sapayeva Omongul Adambayevna;
— Quva tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, tikuvchi Toshboyeva Odinaxon Madaminovna.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi nomidan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha soha vakillarini samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning kasbiy mahoratingiz, fidokorona mehnatingiz va yurtimiz yengil sanoati taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissangiz ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Yuksak davlat mukofotlari muborak bo‘lsin!
