O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PQ–290-sonli qarori va PF–174-sonli farmoniga muvofiq, mamlakatimizda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
Mazkur Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritadi va yengil sanoat sohasini kompleks rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
- Agentlikning asosiy vazifalari:
- yengil sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash;
- xalqaro standartlarga mos mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
- eksportni rag‘batlantirish va yangi bozorlarni o‘zlashtirish;
- investitsiyalarni jalb etish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
- sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.