Qashqadaryoda yengil sanoat korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi
2026-08-04 17:35:00 / Yangiliklar

2026-yil 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida hududdagi bir qator yengil sanoat korxonalarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida “Kitob ip yigiruv” AJ, “Oqsaroy” MChJ, “Shahrisabz Silk Production” MChJ, “Radiant Silk” MChJ, “Yakkabog‘ Oqsaroy” MChJ hamda “Qamashi Oqsaroy” MChJ faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
Tashrif davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlari, eksport salohiyati, mahsulot turlari hamda mavjud ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, korxonalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xomashyo ta’minoti, moliyalashtirish, logistika va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif yakunida korxonalar faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilinib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda eksport ko‘rsatkichlarini yanada kengaytirishga qaratilgan tegishli vazifalar belgilab berildi.

