Qatarning MS BARER Textile LLC kompaniyasi bosh direktori Ahmad Abdulla Al Emadi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
2026-06-18 17:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligida Qatarning MS BARER Textile LLC kompaniyasi bosh direktori Ahmad Abdulla Al Emadi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimiz yengil sanoati va to‘qimachilik tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning bugungi rivojlanish tendensiyalari, investitsiya muhitini yanada yaxshilash hamda eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar chog‘ida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va ikki tomonlama sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xom ashyo va tayyor mahsulotlar savdosini rivojlantirish hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
MS BARER Textile LLC bosh direktori Ahmad Abdulla Al Emadi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilgan qulay biznes muhitini yuqori baholab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.




