UNIDO bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-05-05 13:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov hamda UNIDOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida UNIDO tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda yengil sanoatni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Mazkur tashabbus doirasida yengil sanoat uchun Kompetensiyalar markazi (CoE) faoliyatini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• kiyim konstruksiyasi (to‘liq va qisqa muddatli kurslar)
• moda dizayni va fashion-illyustratsiya (uzoq va qisqa muddatli)
• tikuvchilik ishlab chiqarish texnologiyalari
• virtual prototiplash (ASSOL platformasi)
• tikuv operatorlarini tayyorlash
• bolalar va o‘smirlar uchun fashion-sketching
• ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish
• talabalar uchun amaliy stajirovkalar
Shuningdek, markaz tomonidan biznes subyektlariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
— kiyim konstruksiyasi va andozalar ishlab chiqish
— mahsulot sifatini nazorat qilish
Loyiha natijasida:
— iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlari qo‘llab-quvvatlanadi
— kichik va o‘rta korxonalarning eksport salohiyati oshiriladi
— marketing, brending va dizaynda zamonaviy yondashuvlar joriy etiladi
— inson kapitali va texnologik salohiyat mustahkamlanadi
— global qiymat zanjirlarida faol ishtirok etish imkoniyatlari kengayadi
Tomonlar tekstil sanoati, moda va dizayn yo‘nalishlarida xalqaro tajriba asosida malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.






