Bekobodning eng olis hududida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi
2026-04-16 15:30:00 / Yangiliklar

Bekobod tumanida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-yil 16-aprel kuni Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi rahbariyati Bekobod tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Prezidentimiz tomonidan O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik va idoralarda “Yoshlar kuni” o‘tkazilishi belgilanganligi mazkur uchrashuvni tashkil etishga asos bo‘ldi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ishga joylashtirishga amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. Muloqotda Agentlik rahbariyati, tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda mahalla raislari ishtirok etib, Bobur Mirzo, Dehqonobod va Istiqbol MFY yoshlari bilan suhbatlar olib borildi.
“Yoshlar balansi” asosida har bir yosh bilan individual ishlash, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, kasb egallashi va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali barqaror bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar ijobiy hal etildi.








