Yengil sanoat sohasidagi tadbirkorlar bilan samarali muloqot uchun yangi tizim
2026-04-13 18:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan tadbirkorlar bilan o‘zaro aloqani yanada qulay va samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy murojaat yuborish tizimi joriy etildi.
Foydalanuvchilar murojaatni quyidagi usullar orqali yuborishlari mumkin:
— rasmiy veb-sayt orqali: https://murojaat.adli.uz/
— Telegram bot orqali: https://t.me/adli_murojaatlar_bot
Murojaat yuborish uchun elektron shaklni to‘ldirish zarur bo‘lib, unda asosiy ma’lumotlar (kompaniya haqida ma’lumot, aloqa ma’lumotlari, murojaat mazmuni) kiritiladi hamda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha fayllar ilova qilinadi.
Murojaat yuborilgandan so‘ng unga maxsus identifikatsiya raqami beriladi va ushbu raqam orqali murojaat holatini onlayn tarzda kuzatish mumkin.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati — 14 ish kunigacha.
Mazkur tizim murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonining shaffofligi, tezkorligi va qulayligini ta’minlaydi hamda mijozlar bilan samarali aloqani mustahkamlaydi.
