Tadbirkorlar uchun tezlashtirilgan rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
2026-04-13 15:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hamda Shveysariya hukumati ko‘magida UEnterda tadbirkorlar va startaplar uchun yangi dastur — SAGE ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi.
SAGE dasturi kreativ industriya (dizayn, tekstil, hunarmandchilik) hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
- tizimli o‘sish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari
- tajribali mentorlar va ekspertlar bilan ishlash
- biznesni rivojlantirish uchun amaliy bilim va vositalar
- yangi bozorlarga chiqish va kengayish imkoniyatlari
Eng yaxshi loyihalar Germaniya, Finlyandiya va boshqa yetakchi davlatlarda xalqaro stajirovkalarni o‘tash hamda global maydonlarda o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
SAGE dasturi haqida batafsil ma’lumot olish, savollar berish va O‘zbekistonda kreativ hamda yashil iqtisodiyotning yangi bosqichiga qo‘shilish uchun tadbirga tashrif buyuring.
Dastur bilan tanishish:
https://drive.google.com/file/d/1p8-vcAU6ey3bebcHIDaKaa1ZUPGPvPyC/view?usp=sharing
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.gle/DAQjR7nWLmUhAaa37
Sana: 2026-yil 15-aprel
Vaqt: 10:30
Manzil: UEnter
https://maps.app.goo.gl/9y2RoexyZ8mWsyHW8
