Agentlik rahbariyati Turkiyaning yirik sanoat kompaniyasi KİPAŞ HOLDİNG direktorlar kengashi bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026-02-17 17:15:00 / Yangiliklar

2026-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori
Nozimjon Xolmurodov Turkiyaning yirik sanoat kompaniyasi KİPAŞ HOLDİNG direktorlar kengashi a’zosi Xikmat Gyumyusher bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda yengil sanoat sohasida hamkorlik, texnologik almashinuv va investitsiya imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ma‘lumot uchun: KİPAŞ HOLDİNG — 1984-yilda tashkil etilgan, elektr energiyasi, qog‘oz, sement, qishloq xo‘jaligi va tekstil sohalarida faoliyat yurituvchi Turkiya kompaniyasi. Kompaniya tekstil bo‘yicha Yevropadagi yirik ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, yiliga 80 mln metr mato va 146 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradi hamda mahsulotlarini 100 dan ortiq davlatlarga eksport qiladi.
KIPAŞ TEXTILES yillik eksport hajmi taxminan 150 mln AQSh dollarini tashkil etadi, holdingning jami yillik daromadi esa 1 mlrd AQSh dollaridir.
Ushbu uchrashuv ikki davlat yengil sanoat sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.






