O‘zbekiston–Pokiston: yengil sanoat sohasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-02-05 14:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov Pokistonning yirik to‘qimachilik korxonalaridan biri — “GOHAR TEXTILE MILLS Pvt. Ltd.” kompaniyasi direktori Gauhar Mustafa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yengil sanoat sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish hamda tayyor tekstil mahsulotlari eksportini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, sanoat infratuzilmasi va ikki davlat o‘rtasidagi
savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi yengil sanoat sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


