Agentlik rahbariyati “Cotton House” kompaniyasi bilan uchrashuv o'tkazdi
2026-01-27 09:55:00 / Yangiliklar

2026-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Ruxullo Zikrillayev Jahonning yetakchi sorsing kompaniyalaridan biri — “Cotton House” rahbari hamda mahalliy to‘qimachilik korxonalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.
Ma'lumot uchun: “Cotton House” kompaniyasi Disney, Marvel, LEGO, Pokémon, NBA, Manchester United kabi global brendlar, shuningdek Tesco, Primark, Marks & Spencer, Lidl, Kaufland kabi yirik xalqaro rityellerlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, xalqaro rityellerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda eksportda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Taqdimot davomida global bozorlarda faoliyat yuritish uchun muhim bo‘lgan texnik va ijtimoiy komplaens talablari, bozor talablariga mos mahsulot ishlab chiqish, trendlar asosida kolleksiyalar yaratish hamda ishlab chiqaruvchilarni strategik hamkor sifatida shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikni “bozordan ishlab chiqarishgacha” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish, pilot korxonalarni tanlash va ularni Yevropa, Buyuk Britaniya hamda AQSh bozorlariga mos standartlar asosida tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.








