14-YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI
2026-01-14 11:45:00 / Yangiliklar
Vatan tinchligi, xalq osoyishtaligi va yurtimiz kelajagini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur Vatan himoyachilarini ushbu ulug‘ ayyom bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi jamoasi samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarning matonatingiz, sadoqatingiz va mas’uliyatli xizmatlaringiz tufayli Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil qadam tashlamoqda. Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va sharafli xizmat yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz.
Vatan himoyasi — muqaddas burch!

