Mavsumni soz va ko‘ngilli o‘tkazamiz
2025-05-28 14:55:00 / Yangiliklar

Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda Pop va Chust tumanlarida 5-6 iyundan, qolgan tumanlarda 7-8 iyundan ommaviy o‘rim-yig‘imga kirishiladi. Bu mavsumni talab darajasida, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazishda texnikalar va ularga biriktirilgan mas’ullar faoliyati juda muhim.
To‘raqo‘rg‘on madaniyat markazida o‘tkazilgan yig‘ilish shu masalaga bag‘ishlandi. Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari S. Nishonboyev, viloyat hokimining o‘rinbosari A. Hakimov, Kosonsoy, Chust, Pop, Mingbuloq, Namangan hamda To‘raqo‘rg‘on tumanlaridan tegishli vakillar ishtirok etishdi.
Mavsumda 245 ta kombaynlar o‘rimga jalb qilingan va shuncha otradlar tashkil etiladi.
Yig‘ilish davomida donni o‘rish va tashishda belgilangan tartiblarga rioya qilish, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, yong‘in hodisalaridan ogoh bo‘lish kabi vazifalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.









