Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: bank va kadastr muammolari joyida hal etildi
2025-05-21 14:25:00 / Yangiliklar

50 nafardan ziyod tadbirkor ishtirok etgan uchrashuvda asosiy e’tibor bank krediti olishdagi to‘siqlar, noturarjoy yer uchastkalarini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratildi.
Uchrashuv natijasida - 30 dan ortiq muammo joyida hal etildi, 15 ga yaqin tadbirkor kredit olishga yo‘naltirildi, 10 dan ziyod yer va kadastr masalalari belgilangan muddatlarda yechish uchun mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi, ijro nazoratga olindi.
Bu kabi muloqotlar orqali tadbirkorlar muammosini eshitish va yechim topish bo‘yicha amaliy natijalarga erishilmoqda hamda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Savdo-sanoat palatasi
Namangan viloyati hududiy boshqarmasi









