O‘zbekiston - Qozog‘iston: arxeologiya, manbashunoslik va ta’limda xalqaro hamkorlik
2025-05-15 20:30:00 / Yangiliklar

Daslabki manzil Axsikent arxeologiya parki bo‘ldi. O‘zbek davlatchiligining 3000-yillik tarixidan so‘zlovchi maskanda Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Anvar Ikrom Axsikent arxeologiya parki Yangi Axsi majmuasida saqlanayotgan Abu Nasr Forobiyning nodir qo‘lozmasi bilan tanishtirdi.
Keyingi manzil Namangan Davlat universiteti bo‘ldi. Viloyatning bosh oliy dargohi rektori professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev mehmonlarni universitet faoliyati bilan tanishtirib, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda Namangan Davlat universiteti, Axsikent arxeologiya parki va Al Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Media Departament









