Yashil makon 2025
2025-03-06 12:25:00 / Yangiliklar

Pop tumanida daraxt ekish va ularni parvarish qilish ishlarining izchil davom etayotgani quvonarli. Tomchilatib sug‘orish tizimi esa suv tejamkorligi va samaradorlikni ta’minlab, yaratilayotgan bog‘ning uzoq muddat yashnab turishiga yordam beradi.
Xususan, Pop tumani katta magistral yo‘li adirliklarida bog‘ yaratishga qo‘l urildi. Ushbu tadbir katta ahamiyatga ega bo‘lib, 3 gektar yer maydonida bog‘ yaratish orqali tumanning yashillantirish ishlariga munosib hissa qo‘shilishi kutilmoqda.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu ish jamoatchilikning faol ishtirokida o‘tkazilgani, unda nuroniylar va yoshlar ham ishtirok etishgani e’tiborga molik.
Katta ko‘tarinkilikda olib borilgan tadbir davomida 3 ming tup manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.









