Suv yoʻllari soz boʻlsa, fermer mashaqqati oz boʻladi
2025-01-28 11:55:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugungi oʻrganishlarini Namangan tumanida “Shoʻrqoʻrgʻon” MMTP hududidan boshladi.

Dastlab “Norin daryo irmoqlari” fermer xoʻjaligida ichki sugʻorish tarmoqlarini tozalash, betonlash ishlari koʻzdan kechirildi.
Viloyat hokimi suv isrofini oldini olishda muhim hisoblangan bu jarayonga alohida ahamiyat qaratish kerakligini taʼkidlab, karta qirgʻoqlarini obodonlashtirish, bir turdagi mevali daraxt koʻchatlarini ekish yuzasidan topshiriqlar berdi.
“Zoirshoh” fermer xoʻjaligida 2300 metr uzunlikdagi zakan-zovurlar texnika yordamida kavlanmoqda.
Viloyat rahbari bu ishlarni barcha hududlarda bajarish shartligini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: tumanda joriy mavsumda 135 kilometr ichki ariqlarni betonlash rejalashtirilgan.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









