“Yangi Oʻzbekiston — islohotlar falsafasi”
2024-12-04 13:20:00 / Yangiliklar

Ushbu targʻibot tadbirlari doirasida Namangan davlat pedagogika instituti Renessans zali va ikkita katta faollar zalida “Yangi Oʻzbekiston — islohotlar falsafasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
“Maʼrifat karvoni” targʻibot tadbirlari viloyatimiz boʻylab davom etmoqda.
Unda professor-oʻqituvchilar va ziyolilar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda barcha ishtirokchilar uchun Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisning qoʻshma yigʻilishidagi nutqlari, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati, Respublika Maʼnaviyat va malrifat markazi faoliyati, Men ham harbiy boʻlaman kitob taqdimoti boʻyicha videoroliklar namoyish etildi.
Tadbirda viloyatning 14 ta hududidan masʼullar, jumladan, mahalla raislari, maktablarning maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, faol nuroniylar va boshqa faollar jami 2500 nafar ishtirokchilar qatnashdi.
“Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarining oʻziga xos jihati shundaki, hududlardagi olimlar, ziyolilar, sanʼat va madaniyat namoyondalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼullar, mahalla faollari hamda ilgʻor yoshlarning bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oshirish, mamlakatimizning milliy-mafkura yoʻnalishidagi islohotlari, jamiyatni, ayniqsa yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilishda ziyolilarni faollikka undash, ular uchun muloqot platformasini yaratishdan iborat.
Viloyatimiz boʻylab ”Maʼrifat karvoni" targʻibot tadbirlari davom etmoqda.









