“Yangi Oʻzbekiston bogʻi” amfiteatrida mustaqillikning 33 yilligi bayrami keng nishonlandi
2024-08-29 21:35:00 / Yangiliklar

Viloyatning asosiy bayram tadbiri dasturi bu yil yanada qiziqarli oʻtdi. Ayniqsa, viloyat sanʼat ustalarining chiqishlari barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlagan boʻlsa, el suygan taniqli sanʼatkorlar- Qilichbek Madaliyev, Yahyo Moʻminov, Samandar Hamroqulovlarning qoʻshiqlari raqslarga ulanib ketdi.
Bayram tadbiri jozibali va maftunkor mushakbozlik bilan yakunlandi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









