Bu maskan Namangan shahrining tashrif qogʻozidir
2024-07-26 14:35:00 / Yangiliklar

Uni gavjum turizm maskaniga, madaniyat va maʼrifat oʻchogʻigʻiga aylantirishimiz lozim», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahri Chorsu dahasida joylashgan Mulla Qirgʻiz madaniy meros obyektini milliy hunarmandchilik va turizm markaziga aylantirish loyihasi bilan tanishdi.
Loyihaga binoan majmuada milliy hunarmandlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Tashqi maydon va Mulla Qirgʻiz madrasasiga olib boruvchi alleya madaniy-badiiy tadbirlar oʻtkazish manziliga aylantiriladi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov loyiha tashabbuskori Marina Jabbarova bilan muloqotda har bir detalga puxta eʼtibor qaratish, milliy hunarmandchilikni toʻla namoyon etib berish lozimligiga alohida urgʻu berdi.
- Bu manzil 64-Xalqaro Gullar festivalining eng gavjum lokatsiyasi boʻlishi lozim, - deya taʼkidladi viloyat hokimi.
Viloyat rahbari taqdim etilgan konsepsiya boʻyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq berdi
Media Departament









