Xalqaro gullar festivalining dunyoga tanilishiga katta hissa qoʻshganlar...
2024-06-21 20:50:00 / Yangiliklar

Qariyb bir oydan koʻproq vaqt davom etayotgan 63-Xalqaro gullar festivali nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari ahlining nazariga tushib ulgurdi.
Namangan shahrida festival doirasida 45 mln tupdan ziyod 50 dan ortiq turdagi gul koʻchatlari oʻtkazildi.
Ushbu gullarning ekilishi va ularni bir oy davomida doimiy parvarishlashda obodonlashtirish xodimlarining xizmati juda katta boʻldi. Ularning fidokorligini har qancha olqishlasak arziydi.
Ushbu tashkilotning mehnatkash xodimlari bir oy davomida ertayu kech festival boʻlib oʻtayotgan joylar, shahar koʻchalari va bogʻ ichida tozalikka, gullar parvarishiga masʼul boʻlmoqdalar. Shuningdek, tomoshaga keluvchilarning kayfiyatlari chogʻ boʻlishi uchun tinmay xizmat qilmoqdalar.
Namanganning gullab-yashnashida oʻz xizmatlarini ayamay mehnat qilayotgan obodonlashtirish sohasi xodimlariga festival ishtirokchilari va yurtdoshlarimiz nomidan oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.









