Prezident topshirigʻi amalda: “Namangan - Chodak - Namangan” shaharlararo poyezdi yoʻlga qoʻyilmoqda!
2024-05-16 08:30:00 / Yangiliklar

Shu munosabat bilan bugun Namangan temir yoʻl vokzalida tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Viloyat faollari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbir karnay-surnay sadolari ostida chinakam bayramona tus oldi.
Soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda hurmatli Prezidentimiz boshchiliklarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash, odamlarning bugunidan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilayotganini taʼkidlab, yoʻl infratuzilmasi, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasidagi amaliy ishlarga toʻxtaldilar.
Shundan soʻng “Namangan - Chodak - Namangan” shaharlararo poyezdi harakati boshlandi.
Maʼlumot uchun: poyezd 2024-yil 16-maydan boshlab har kuni aniq jadval asosida harakatlanadi. Xususan;
6351 - “Namangan-Chodak” yoʻnalishidagi reys soat 08:10 Namangan shahridagi markaziy temir yoʻl vokzalidan yoʻlga chiqib, soat 11:16 da Chodak temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.
6352 - "Chodak-Namangan” yoʻnalishidagi reys soat 19:20 da Chodak temir yoʻl vokzalidan yoʻlga chiqib, soat 22:31 da Namangan shahriga yetib keladi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.








