audio

    0+
    Vazirlik vakillari Tojikistondagi “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida – 18–19-aprel kunlari Dushanbe shahrida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

    Tadbirda ilm-fan, innovatsiyalar sohalaridagi yutuqlar, shuningdek, tog‘-kon sanoati, neft-gaz sektori, kimyo va farmasevtika, avtomobilsozlik va mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish, to‘qimachilik va charm-poyabzal sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati mahsulotlari namoyish etilmoqda.

    Ko‘rgazmada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ixtirochi talaba va yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalar va tijoratlashtirish ishlanmalari hamda ilmiy loyihalar bilan qatnashmoqda.

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun “Fan, ta’lim va innovatsiyalar” nomli burchakdan idishlarga avtomatik tarzda naqsh tushurish qurilmasi, detallarni 3D ko‘rinishini tayyorlovchi printer, qishloq xo‘jaligi sohasida foydalaniladigan uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot va dronlar, onlayn dars o‘tishga mo‘ljallangan universal o‘quv stoli, ko‘zi ojizlar uchun brayl yozuvli maxsus shaxmat doskasi, bio faol qo‘shimchalar, “TOMAVAC” Covid-19 ga qarshi vaksina, tishlar uchun yangi turdagi implant, kasalxona va turli laboratoriyalar uchun maxsus “infratuzilmali eshik tutqich” kabi ishlanma va qurilmalar joy olgan. 

    Ko‘rgazma davomida tojikistonlik hamkorlar bilan tijoratlashtirish loyihalari bo‘yicha shartnomalar imzolash reja qilingan.

    • view_icon 16