Koinot tuzilishi va undagi elementar zarralarga qiziqadigan yoshlar uchun ajoyib yangilik!!!
2025-04-12 / Voqealar taqvimi

Mazkur tadbir zamonaviy fizika va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlanib, unda yurtimizning yetuk olimlari – akademiklar Qodir G‘ulomov hamda Bobomurod Ahmedov o‘zlarining dolzarb ilmiy mavzulardagi ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar. Ular tomonidan koinotning murakkab tuzilishi, elementar zarralarning tabiati, kvant fizikasi va kosmik tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy asoslangan fikr va mulohazalar bildiriladi.
Tadbirda, shuningdek, respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtiroki kutilmoqda.
Ushbu ilmiy-ma’rifiy anjuman yosh avlodni ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish, shuningdek, O‘zbekiston ilm-fan salohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.
📍Manzil: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
⏰ Vaqti: 12-aprel kuni, soat 10:00 da
