Loyiha guruhi buxgalter/moliyachi lavozimiga nomzodlar tanlovi
2025-02-19 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Janubiy Koreyaning Eksport-import banki (EDCF) o‘rtasida imzolangan moliyaviy kelishuvga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha qiymati: 59,11 mln. AQSH dollariб shundan, 51,14 mln dollar qarz mablag‘lari, 7,97 mln dollar O‘zbekiston Respublikasi hissasi.
Loyihani amalga oshirish muddati: 36 oy (2024-2027yy)
Loyiha maqsadi: Professional ta’limni raqamlashtirish, ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish orqali iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar (qurilish, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, transport va xizmatlar sohasi) tayyorlash sifatini oshirish.
Loyihani amalga oshirish doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Loyihani amalga oshirish guruhi shakllantiriladi.
Guruh rahbari – Menejer Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarini bajaradi.
Buxgalter/moliyachi lavozimiga talabgorlar tanlov asosida tanlanadi va suhbat asosida eng maqbul bo‘lgan talabgor ishga qabul qilinadi.
Buxgalter/moliyachi lavozimiga talabgorlar uchun malakaviy talablar:
Moliya yoki iqtisodiyot sohasida bakalavr darajasidan past bo'lmagan oliy ta'lim.
Professional ta'lim sohasidagi loyihalarda va yirik investitsiya loyihalari bilan ishlash, xalqaro moliyaviy institutlar (HMI) bilan hamkorlik bo'yicha kamida besh yillik ish tajribasi.
Kamida 2 ta shunday loyihada ishlash tajribasi va ushbu loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlashni tasdiqlovchi hujjatlar.
Xalqaro moliyaviy institutlar bo'yicha tajriba va bilim.
Jamoada ishlashda sezilarli tajriba va tasdiqlangan qobiliyat.
Davlat tilini, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish.
Kompyuter texnikalari bilan ishlash tajribasi.
Lavozimiy majburiyatlari:
Loyihalar bo'yicha moliyaviy hisobot olib borish.
To'lovlar va pul mablag'larini olish uchun arizalar bilan bog'liq masalalarni boshqarish.
Loyihalar bo'yicha moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.
Loyihalar moliyaviy hisobotlarining tashqi auditi boshqarish.
Loyihalar doirasida tashqi auditni muvofiqlashtirish.
Moliyaviy hisob-kitob olib borish, kirim/chiqim hujjatlari va sarf materiallari hisob-kitobini olib borish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish, maoshlarni hisoblash.
Inventarizatsiya va audit tekshiruvlarida ishtirok etish.
Qonunchilikdagi o'zgarishlarni kuzatish, shu orqali soliq va sug'urta to'lovlarini to'g'ri hisoblash, ularni amalga oshirish va soliq deklaratsiyalarini vaqtida topshirish.
Loyihalar doirasida moliya bilan bog'liq har qanday boshqa masalalar.
Ichki mehnat tartibiga bo'ysunish.
Ish sharoitlari:
Shartnoma shakli: Fuqarolik xuquqiy shaklda
Shartnoma muddati: 12 oy. Shartnoma muddati, xodimning (menejer) ish samaradorligi va sifatiga ko‘ra ish beruvchining ijobiy fikri va/yoki taklifiga asosan qo‘shimcha kelishuv imzolash yo‘li bilan uzaytirilishi mumkin. Shartnomaning umumiy muddati 40 oy (2025-2028yy).
Ish vaqti: Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 (Tushlik tanaffusi: 13:00 - 14:00)
Loyihani amalga oshirish guruhi ish joyi uchun xona bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, loyihani amalga oshirish uchun mas’ul idora sifatida, ushbu lavozimga tanlov asosida ishga taklif etadi.
Taklif beruvchilar yuqorida qayd etilgan minimal talablarga javob beradigan shaxsiy ma’lumotlar (CV) va ma’lumotni (obyektivka) invest@edu.uz elektron manziliga 2025 yil 25 fevralgacha taqdim etishlari shart.
Tanlangan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga suxbatga (off-line) taklif etiladi. Tanlangan talabgor tegishli vazirlik va idoralardan suxbatdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy. Mo‘ljal: Metro Beruniy