Loyiha guruhi menejeri lavozimiga nomzodlar tanlovi
2025-02-18 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Janubiy Koreyaning Eksport-import banki (EDCF) o‘rtasida imzolangan moliyaviy kelishuvga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha qiymati: 59,11 mln. AQSH dollariб shundan, 51,14 mln dollar qarz mablag‘lari, 7,97 mln dollar O‘zbekiston Respublikasi hissasi.
Loyihani amalga oshirish muddati: 36 oy (2024-2027yy)
Loyiha maqsadi: Professional ta’limni raqamlashtirish, ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy AKTni joriy etish orqali iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislar (qurilish, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, transport va xizmatlar sohasi) tayyorlash sifatini oshirish.
Loyihani amalga oshirish doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Loyihani amalga oshirish guruhi shakllantiriladi.
Guruh rahbari – Menejer Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlarini bajaradi.
Menejer lavozimiga talabgorlar tanlov asosida tanlanadi va suhbat asosida eng maqbul bo‘lgan talabgor ishga qabul qilinadi.
Menejer lavozimiga talabgorlar uchun malakaviy talablar:
1. Oliy ma'lumot, kamida moliya, iqtisod, muhandislik yoki tegishli sohalar bo'yicha bakalavr darajasi.
2. Kasbiy ta'lim sohasida loyihalarni boshqarish bo'yicha kamida 5 yillik tajriba va yirik investitsiya loyihalari bilan ishlash va xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan hamkorlik qilish tajribasi.
3. Kamida 2 ta o‘xshash loyihada ish tajribasi va ushbu loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanganligini tasdiqlash
4. Oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.
5. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash tajribasi kamida 6 yil.
6. Davlat tili, rus va ingliz tillarini bilish,
7. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tajribasi
Lavozimiy majburiyatlari:
Loyihani amalga oshirish guruhi menejerining asosiy vazifalari: loyihaning amalga oshirilishini ta’minlash, muntazam monitoring, shu jumladan joylarga chikkan xolda, olib borish va muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va bartaraf etish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyatiga taklif tayyorlash, loyiha doirasida moliyaviy nazorat olib borish, xaridlar bo‘yicha nazorat olib borish, loyiha maqsadlariga erishish uchun strategik choralarni belgilash, loyihaga tegishli qo‘shimcha vazifalarni bajarish.
Loyihani amalga oshirish guruhi menejeri loyiha rahbariga bo‘ysunadi va hisobot beradi, ichki mehnat tartibiga bo‘ysunadi.
Ish sharoitlari:
Shartnoma shakli: Fuqarolik xuquqiy shaklda
Shartnoma muddati: 12 oy. Shartnoma muddati, xodimning (menejer) ish samaradorligi va sifatiga ko‘ra ish beruvchining ijobiy fikri va/yoki taklifiga asosan qo‘shimcha kelishuv imzolash yo‘li bilan uzaytirilishi mumkin. Shartnomaning umumiy muddati 40 oy (2025-2028yy).
Ish vaqti: Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 (Tushlik tanaffusi: 13:00 - 14:00)
Loyihani amalga oshirish guruhi ish joyi uchun xona bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, loyihani amalga oshirish uchun mas’ul idora sifatida, ushbu lavozimga tanlov asosida ishga taklif etadi.
Taklif beruvchilar yuqorida qayd etilgan minimal talablarga javob beradigan shaxsiy ma’lumotlar (CV) va ma’lumotni (obyektivka) invest@edu.uz elektron manziliga 2025 yil 24 fevralgacha taqdim etishlari shart.
Tanlangan talabgor O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga suxbatga (off-line) taklif etiladi. Tanlangan talabgor tegishli vazirlik va idoralardan suxbatdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Manzil: 100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy. Mo‘ljal: Metro Beruniy