Italiya universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini
2024-09-24 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari
– Barcha forum ishtirokchilarini qutlab, bugun sizlar bilan birga ekanligimdan xursandman.
Ushbu forum yangi imkoniyatlarni o‘rganish va o‘zaro manfaatli madaniyatlarni rivojlantirish uchun noyob platforma vazifasini bajarmoqda. Bu, shuningdek, innovatsiyalar sari umumiy yo‘limizni qo‘llab-quvvatlab, yanada yaqinroq hamkorlikka yo‘l ochadi. Umid qilamanki, ushbu forum Italiya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasidagi yangi hamkorlikka asos soladi. Bugun biz imzolaydigan shartnomalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Vazir Q.Sharipov yuqorida ta’kidlaganidek, mamlakatlarimiz o‘rtasida chuqur tarixiy rishtalar mavjud. Bugun biz akademik mobillik, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va strategiyalarni almashish kabi muhim mavzularni muhokama qilish imkoniga egamiz.
Ushbu forumga hissa qo‘shgan, Italiya hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida tinimsiz mehnat qilgan barchaga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Barchamizga Italiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik va almashinuvning yangi davrini boshlab beradigan samarali forum bo‘lishini tilayman.