Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon
2025-01-27 18:10:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 7-fevral kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.
Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.
Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.
Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.
Test imtihoni oʻtkaziladigan manzillar
T/r |
Hudud nomi |
Test imtihon oʻtkaziladigan manzil |
Masʼul xodim |
Aloqa uchun telefon |
1 |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy |
A.Abdiramanov |
(97) 355-17-35 |
2 |
Andijon viloyati |
Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy |
A.Zulunov |
(90) 542-57-17 |
3 |
Buxoro viloyati |
Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy |
N.Toʻrayev |
(91) 417-21-00 |
4 |
Jizzax viloyati |
Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy |
U.Norboyev |
(99) 568-56-23 |
5 |
Qashqadaryo viloyati |
Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi, |
Q.Aliqulov |
(97) 588-41-94 |
6 |
Navoiy viloyati |
Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi, |
A.Boymuratov |
(90) 085-09-04 |
7 |
Namangan viloyati |
Namangan shahar, Navoiy koʻchasi, |
A.Obilov |
(91) 344-99-88 |
8 |
Samarqand viloyati |
Samarqand shahar, Koʻk saroy maydoni, 1A-uy |
A.Ibragimov |
(90) 742-61-19 |
9 |
Surxondaryo viloyati |
Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy |
R.Qurbonov |
(93) 798-30-67 |
10 |
Sirdaryo viloyati |
Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy |
R.Nurmatov |
(97) 278-33-59 |
11 |
Toshkent viloyati |
Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, |
K.Toirbekov |
(97) 715-75-65 |
12 |
Fargʻona viloyati |
Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy |
J.Toshmatov |
(99) 357-11-63 |
13 |
Xorazm viloyati |
Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy |
U.Sultonov |
(97) 513-07-05 |
14 |
Toshkent shahar |
Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 6-uy |
M.Mamadaliyev, B.Shodiyev |
(90) 812-47-71 (90) 981-57-20 |