Энергетика тизимида “Яшил макон”: Атмосфера мусаффолиги йўлида баҳор мавсумида 200 мингдан зиёд кўчат экилди
2026-04-01 13:10:00 / Раҳбариятнинг баёнотлари ва нутқлари

Energetika vazirligi hamda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi barcha tizim tashkilotlari tomonidan hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash va atmosfera havosi tarkibini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlarida jami 205 578 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — sanoat korxonalari atrofida “yashil belbog‘”lar yaratish, havo sifatini yaxshilash va atrof-muhit muhofazasiga munosib hissa qo‘shishdan iboratdir.


