May oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi
2025-06-25 16:10:00 / Qo'mita yangiliklari
✅ Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan o'zingizga tegishli bank kartangizga o‘tkazib olishingiz mumkin.
✔️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (22 500 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (225 000 so‘m) olishi mumkin.
Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store
Soliq mobil ilovasining barcha funksiyalaridan to'liq foydalanish uchun shaxsingizni Face ID orqali tasdiqlang.
