Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan
2024-08-21 14:25:00 / Qo'mita yangiliklari
🔹Tadbirkor auksiondan yer sotib olganda QQS hisoblanmaydi.
🔹Yangi yerlarni ajratishda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 % imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari).
🔹Chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi. (Amalda shartnoma muddatidan qatʼi nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi).
🔹Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron maʼlumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.
🔹EHF va TTY yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta maʼlumot kiritish o‘zi yetarli bo‘ladi.
🔹1-oktabrdan mehmonxona va turoperatorlarga to‘langan QQSning 20 foizi “keshbek” qilib beriladi.
🔹2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi.
🔹Restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamaytiriladi.
🔹1-dekabrdan korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.
🔹Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasi asosida ishlashi mumkin.