Asosiy kontentga o'tish

Yuridik shaxslar my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi

2024-05-29 16:50:00 / Qo'mita yangiliklari

my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati

Buning uchun my3.soliq.uz portalining “Barcha xizmatlar” boʻlimida “Yuridik shaxslarning ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish yoki boshqa soliq turiga oʻtkazish” xizmati tanlanadi 

Shaxsiy kabinetga ERI orqali kirilgandan so‘ng ochilgan oynada “Arizani rasmiylashtirish” menyusiga o‘tiladi. 

Bu yerda hudud tanlanadi. Shundan so‘ng korxona nomi, pochta manzili va STIR avtomatik shakllanadi. Ariza beruvchining telefon raqami va elektron pochtasi ko‘rsatilishi shart. 

Soliq turi tanlanganda obyekt kodi, soliq hisobvaragʻi, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ortiqcha toʻlangan summa (raqamda va soʻz bilan) avtomatik shakllanadi. 
Keyingi qatorda ortiqcha toʻlangan soliq summasini vujudga kelgan sanasi va qisqacha sababi yoziladi.
 
Shundan so‘ng qaytarish yoki hisobga olish ko‘rsatiladi. 

Agar boshqa soliq turiga oʻtkazish tanlansa, ortiqcha summa oʻtkazilishi lozim bo‘lgan soliq turi ko‘rsatiladi. Shundan so‘ng soliq hisobvaragʻi va shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida ma’lumot avtomatik shakllanadi. 

Ortiqcha toʻlangan summani qaytarish tanlansa bank MFOsi ko‘rsatilishi lozim. Shundan so‘ng ma’lumotlar shaxsiy hisobvaragʻida avtomatik aks etadi. 

Yakunda boshqa soliq turiga oʻtkaziladigan yoki qaytariladigan ortiqcha soliq summasi (raqamda) koʻrsatiladi, soʻz bilan yozilishi avtomatik shakllanadi.

Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning  ishonchliligi va toʻliqligi tasdiqlanib “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Eslatma. my3.soliq.uz portalida ortiqcha soliq to‘lovlarini avtomatik o‘tkazish (https://t.me/soliqnews/10185) funksiyasi ishlab chiqilmoqda.

30273

Oxirgi yangilanish: 2024-05-29 18:43:24

;
Yuridik shaxslar my3.soliq.uz portali orqali ortiqcha toʻlangan soliq summasini qanday qaytaradi