“Prezident Kubogi” 3-xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi
2024-11-29 21:00:00 / Yangiliklar

“Prezident Kubogi” 3-xalqaro shaxmat musobaqasi yakunlandi
Xabar berganimizdek, mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil etgan “Prezident Kubogi” bosh sovrini uchun dunyoning taniqli grossmeysterlari dona surishdi.
🏆Bugun poytaxtimizda turnirning yopilish marosimi o’tkazilib, musobaqa g’oliblari taqdirlandi. Yakuniy natijalarga ko’ra, bosh sovrin Nihal Saringa nasib etdi. Hindistonlik grossmeyster final o‘yinida Nodirbek Abdusattorov bilan durang o‘ynadi va 7,5 ochko bilan mutlaq g’alabaga erishdi. Hamyurtimiz Javohir Sindarov 2-o‘rinni, eronlik Mahsudluu Parham esa 3-o‘rinni band etdi.
Shuningdek, hamyurtlarimizdan Shamsiddin Voxidov (4-o‘rin), Nodirbek Abdusattarov (5-o‘rin), Nodirbek Yakubboyev (6-o‘rin) va Ortiq Nigmatov (7-o‘rin)lar ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.









