“Prezident Kubogi” shaxmat musobaqasi
2024-11-27 18:00:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasi dunyoning eng sara shaxmatchilari ishtirokida navbatdagi nufuzli musobaqa — “Prezident Kubogi”ga mezbonlik qilmoqda.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etayotgan musobaqada dunyoning kuchli grossmeysterlari bilan bir qatorda, Nodirbek Abdusattarov, Javohir Sindarov kabi mashhur shaxmatchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bugungi kunga qadar turnirni 7 turi ortda qoldi.
Turnir ikki guruhda o‘tkazilmoqda:
- A guruhi: reytingi 2250 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;
- B guruhi: reytingi 2249 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar.
Har bir partiya uchun 90 daqiqa asosiy vaqt va har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shimcha vaqt ajratiladi. Bu klassik shaxmat formatida o‘tkaziladigan turnir bo‘lib, ishtirokchilar uchun chinakam mahorat sinovidir.
Musobaqa jarayonlarini “Uzchess” YouTube kanali orqali jonli kuzatishingiz mumkin.




